Fitch Ratings «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJning xalqaro moliyaviy reytingini «Barqaror» istiqboli bilan «BB-» darajasida tasdiqladi

Jamiyat 09:00 / 06.05.2020 779

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJning moliyaviy reytingini «Barqaror» istiqboli bilan «BB-» darajasida qayta tasdiqladi

Reyting tasdiqlanishida agentlik tomonidan koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta'siri inobatga olingan holda reyting ko‘rsatkichlarining hisobi amalga oshirilgan. Fitch Ratings hisobotiga ko‘ra: «Foyda bo‘yicha istiqbol (prognoz) qilinadigan stress testlar bo‘yicha kompaniya operatsion zarbalarga qarshilik ko‘rsata olgan va uning moliyaviy ko‘rsatkichlariga jiddiy zarar yetmagan. Reytingning tasdiqlanishida davlat ulushi hisobga olingan, sug‘urtachining ijobiy to‘lov qobiliyatiga egaligi va moliyaviy ko‘rsatkichlari kompaniyaning reyting darajasi metodologiyasi va istiqbolni modellashtirish natijalari bilan ta'minlangan».

Aytish joizki, kompaniyaning «Barqaror» istiqboli bilan berilgan xalqaro moliyaviy reytingni «BB-» darajasida saqlanib qolinishida O‘zbekiston sug‘urta bozorini kengaytirishga qo‘shayotgan ulushi, to‘lov qobiliyatining barqarorligi, korporativ boshqaruvning yaxshilanganligi hamda mijozlarga taqdim etib kelinayotgan sug‘urta xizmatlari sifatining yanada ortganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Shu bilan birga, xalqaro reyting agentligi bahosining tasdiqlanishi «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ uchun yangi xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro moliya institutlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari ko‘lamini yanada kengaytirish hamda kompaniya mijozlari ishonchini oshirishga imkon yaratadi.

«Kafolat sug‘urta kompaniyasi» AJ Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: