Qarzdor ota tomonidan 4 nafar farzandiga atalgan aliment mablag‘larini to‘lashda mas'uliyat bilan yondashilib oyma-oy muntazam ravishda hech bir kechiktiruvlarsiz to‘liq to‘lab kelgan.
Shunga qaramasdan, alimentchi ota Respublikamiz bo‘ylab karantin vaqtida Byuroning Nukus tuman bo‘limiga farzandlarining nomiga uyini rasmiylashtirib bermoqchiligini bildirib murojaat qiladi.
Natijada Majburiy ijro byurosi Nukus tuman bo‘limi xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi va sobiq turmush o‘rtoqlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qarzdor S.A. tomonidan 4 nafar farzandining balog‘atga yetgunga qadar aliment qarzdorligi evaziga tuman hududidagi namunali tipdagi uyini sobiq turmush o‘rtog‘i N.D. ning nomiga rasmiylashtirib berdi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan tomomlandi.