“Adolat” SDP: “Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasiga barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz

Jamiyat 20:49 / 05.05.2020 5245

“Sardoba” suv ombori talafotlarini bartaraf etishda faol fuqarolarimiz tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday yordamning ahamiyati juda yuqori. Chunki bunga ehtiyojmandlar ayni paytda har qachongidan bisyor.

Shu maqsadda “Adolat” SDP tomonidan “Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Eng og‘ir damlarda Sirdaryo aholisini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutgan aksiyada ko‘ngilli yurtdoshlarimiz hamda barcha turdagi mulkchilik tashkilotlari ishtirok etishi mumkin.

Fuqarolarimizga qulaylik tug‘dirish uchun xayriya yig‘imlari ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi.

1. Plastik kartaga Click va Payme xizmatlari orqali pul mablag‘larini o‘tkazish.

Plastik raqami:

Jismoniy shaxslar uchun: 8600 0204 2852 2937

Yuridik shaxslar uchun: 8600 0204 2852 2937

Toshkent shahri TIF Milliy bank bosh amaliyot boshqarmasi

Tranzit hisob raqam: 23120000300000407003

INN: 200984194

MFO: 00407

2. O‘z xonadonlaringizdagi ortiqcha ro‘zg‘or buyumlari va kiyim-kechaklarni topshirish.

Buyum shaklidagi xayriyalar “Adolat” SDP Markaziy apparati binosida har kuni istalgan vaqtda qabul qilinadi.

Manzil: Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 23 uy.

Mo‘ljal: Uztelekom va Ozarbayjon elchixonasi binolari.

Xayriyalar talafot ko‘rgan tumanlar aholisini moddiy-ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zaruriy uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga ko‘maklashish uchun ishlatiladi.

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va shakllantirilgan karvon yo‘nalishi telegramdagi maxsus tashkil etilgan Sardoba sari saxovat karvoni guruhi hamda partiyaning rasmiy sayti(adolat.uz) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi.

Kuni kecha xayriya karvoni Sardoba sari o‘zining ilk safarini boshladi. Unda sirdaryoliklarga bir yarim mingdan ortiq kiyim-kechaklar, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va partiya xodimlari tomonidan 20 dan ortiq uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoqlar va bolajonlar uchun o‘yinchoqlar hamda tun-u kun tinimsiz faoliyat olib borayotgan shtab a'zolari uchun mingga yaqin bloknot va ruchkalardan iborat jami 55 million so‘mlik mahsulotlar yetkazildi.

Mazkur saxovat karvonidagi omonatlar shu kunning o‘zida Yangiyer shahridagi ta'lim muassasalari binosiga vaqtinchalik joylashtirilgan 2500 nafar sardobaliklarga tarqatildi.

“Sardoba sari saxovat karvoni” xayriya aksiyasi davom etmoqda.

Muqaddas oyda savobli ishga siz ham o‘z hissangizni qo‘shing va ofatdan jabr ko‘rgan vatandoshlarimizdan o‘z yordamingizni ayamang.

Buyum shaklidagi xayriyalar partiya “Adolat” SDP Markaziy apparati binosida har kuni istalgan vaqtda qabul qilinadi.

Aksiya koordinatorlari: Bahrom Burxanitdinov va Gulniso Saidova

Ma'lumot uchun telefonlar:

+99897 455 01 54

+99894 606 79 01

 

“Adolat” SDP

Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: