Bloomberg: Jahon iqtisodiyoti koronavirus sababli 5,5 trln dollar yo‘qotadi 

Iqtisodiyot 14:34 / 09.04.2020 2069

Koronavirus pandemiyasi yaqin ikki yil davomida jahon iqtisodiyotini 5,5 trln dollardan mahrum qiladi. Bu haqda JPMorgan Chase & Co tahlilchilariga tayanib Bloomberg yozmoqda.

«Pandemiya sababli hukumatlar biznes to‘xtatilishini, odamlar uylarida o‘tirishini talab qilganidan so‘ng dunyo 1930-yillardan keyingi eng chuqur retsessiyaga duch kelmoqda», — deb yozadi agentlik.

Bashoratlarga ko‘ra, qulash uzoq davom etmaydi, ammo jahon iqtisodiyoti 2022 yilga qadar avvalgi holatiga qayta olmaydi.

«Hattoki mislsiz monetar va fiskal rag‘batlantirishlar bo‘lganida ham yalpi ichki mahsulot 2022 yilgacha inqirozdan avvalgi ko‘rsatkichga qaytmaydi», — deyiladi bashoratda.

Morgan Stanley rivojlangan davlatlar YaIM 2021 yilning uchinchi choragiga kelibgina avvalgi darajaga qaytishi mumkin deb hisoblamoqda.

«2020 yilda jahon savdosi hajmi 13–32 foizga qisqaradi, chunki COVID-19 butun dunyodagi iqtisodiy faollik va hayotni izdan chiqarmoqda», — deyiladi Jahon savdo tashkiloti bayonotida.

Ko‘proq yangiliklar: