Mahallaning faol keksalariga har oy 577 ming so‘mdan to‘lanadi

O‘zbekiston 16:17 1732

«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli uch nafar keksa beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda keksalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
  • oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
  • piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
  • keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.

Faol keksalar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 50 foizi miqdorida (hozirda bu summa 577 500 so‘m) rag‘batlantiriladi.

Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: