Turkmaniston Rossiyadan koronavirusni davolashda sinalayotgan dori vositasini sotib oldi

Jahon 01:01 / 04.04.2020 35819

Bu haqda dori ishlab chiqariladigan “Medsintez” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aleksandr Petrov ma'lum qildi.   

Avvalroq dori vositasi Xitoyga gumanitar yordam sifatida jo‘natilgan. U hozir u yerda sinalmoqda.

“Biz dori vositasini Turkmanistonga yetkazib berdik. Bu gumanitar yordam emas, ular [Turkmaniston] bunga pul ajratib, o‘zlari uchun sotib olishdi. Partiya katta bo‘lgan, 2 mingga yaqin quti. Har bir qutida esa 20 tadan kapsula bor”, deb ma'lum qilgan Petrov.

Uning ta'kidlashicha, hozirda ushbu vositaning Armanistonga yetkazilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. “Vositani Janubiy Koreyaga olib kirishga ruxsatni kutmoqdamiz, biroq ularda ro‘yxatga olinmagan dorilar bo‘yicha bojxona qonunchiligi bilan muammolar bo‘lmoqda. Hozirda Italiya bilan vositani klinik sinovdan o‘tkazishni muhokama qilmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Petrov.  

“Triazavirin” Rossiyada ishlab chiqarilgan dori vositasi bo‘lib, uni ishlab chiqargan olimlarning ta'kidlashicha, u grippning 15 turiga qarshi samaralidir. Dori vositasi Ural federal universiteti, I.Ya.Postovskiy nomidagi organik sintez instituti, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining grippni o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: