Venesuela harbiy kemasi kruiz layneriga shikast yetkazmoqchi bo‘lib o‘zi cho‘kib ketdi 

Jahon 20:40 / 02.04.2020 17777

Bu haqda The Drive nashri xabar berdi

Voqea 30 mart kuni Isla-la-Tortuga oroli yaqinida yuz bergan.

Ma'lum qilinishicha, patrul kemasi Portugaliya bayrog‘i ostida suzayotgan kruiz layneriga yaqinlashgan. Layner dvigatelining texnik ko‘rigini o‘tkazish uchun bir kun o‘chiq holda suzib yurgan.   

Patrul kema laynerni Venesuela suv hududlarida noqonuniy qolmoqda, deb hisoblab, unga ketishni buyurgan.   

Layner kapitani o‘z rahbariyati bilan bog‘langungacha, harbiy kema laynerga qarata bir necha marta o‘q uzgan va uni taranga olishga harakat qilgan.
Patrul kemasi laynerga bir necha marta zarba bergach, o‘ziga shikast yetib, ichiga suv tosha boshlagan va cho‘kib ketgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.  

Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes kruiz layneri ekipajining xatti-harakatlarini “impercha tajovuzkor harakat” va “qaroqchilik” deb atagan. Biroq laynerga egalik qiluvchi kompaniyada ta'kidlanishicha, layner patrul kema va uning ekipajiga yordam kerakmasligi aniq bo‘lmaguncha joyida qolgan va shundan keyingina yo‘lini davom ettirgan.

Voqeaga olib kelgan aniq tafsilotlar hozircha noma'lum.

Ta'kidlanishicha, kruiz layneri Antarktika kruizlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, muzliklarni yorib o‘tish uchun kuchaytirilgan korpusga ega.  

Ko‘proq yangiliklar: