Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi
AQSh prezidenti dushman davlat fuqarolariga oid 1798 yilgi qonundan foydalanib, venesuelalik migrantlarni deportatsiya qilmoqchi edi. Ammo sud qarori bilan Trampning farmoni bloklandi.

Foto: UPI / Alamy Stock Photo
Donald Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish uchun kengroq vakolat olish maqsadida 1798 yilgi dushman davlat fuqarolariga oid qonundan foydalanishga urindi. Ammo oradan bir necha soat o‘tib, Federal sud XVIII asrga tegishli qonundan foydalanishni taqiqladi.
Ushbu qonundan AQSh tarixida faqat uch marotaba foydalanilgan: 1812 yili Buyuk Britaniya bilan urushda, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida. Oq uy bayonotida keltirilishicha, mazkur qonundan qayta foydalanish zarurati «Tren-de-Aragua» jinoiy guruhining AQShdagi noqonuniy harakatlari sabab yuzaga kelgan.
AQSh okrug sudyasi Jyeyms Boasberg Trampning farmonini bloklab, venesuelalik migrantlar deportatsiyasini 14 kunga to‘xtatib qo‘ydi. Qaror shu kunning o‘zida Amerika Fuqarolik erkinliklari himoyasi ittifoqi hamda «Olg‘a demokratirya» tashkiloti tomonidan kiritilgan da’voga javoban qabul qilingan.
«Sudga bugun ertalab ma’lum bo‘lgan favqulodda vaziyatni hisobga olgan holda ushbu ish bo‘yicha eshituvlar belgilanmagunga qadar, zudlik bilan status-kvoni saqlab qolishni talab qilib, qaror chiqardim», — deyiladi sudya Boasbergning qarorida.
Avvalroq Tramp ma’muriyati AQSh hududida noqonuniy yurgan chet el fuqarolari ro‘yxatdan o‘tishi va o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘lgan portalni ishga tushirgandi. Ushbu talabga bo‘ysunmaganlar 5 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
-
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:10
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
Mavzuga oid

11:22
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda

01:25
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi

20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi

20:41 / 10.08.2025