Eron AQShni tibbiy terrorizmda aybladi

Jahon 19:23 / 30.03.2020 22940

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQShni koronavirus pandemiyasi sharoitida sanksiyalar siyosatini davom ettirayotgani uchun tibbiy terrorizmda aybladi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eronga nisbatan «tibbiy va iqtisodiy terrorizm»ni amalga oshirmoqda. U xususan, Vashingtonning maqsadi mamlakatga o‘z samolyot parkidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va koronavirusga qarshi kurashishga xalaqit berish ekanligini aytdi. 

Zarif bunday harakatlar insoniyatga qarshi jinoyat ekanligini bildirdi.

26 mart kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba, Suriya, Nikaragua, Venesuela va KXDR BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni ayrim mamlakatlardan koronavirusga qarshi kurashda xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilishga chaqirgandi.  

Ko‘proq yangiliklar: