O‘zbekistonda nikohni qayd etish respublikaning istalgan hududidagi FHDYo tomonidan amalga oshirilishi kutilyapti

O‘zbekiston 09:09 / 26.03.2020 16133

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish kiritiladi.

212-moddada nikohni qayd etish respublikaning istalgan hududidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi. 

Hozirgi vaqtda nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bildirilishicha, nikohni qayd etishda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu xizmatni istalgan hududda qayd etish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda alohida hollarda nikohni qayd etish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi.

Nikohni qayd etish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin.

Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to‘g‘risida ariza beradilar.

Ko‘proq yangiliklar: