«Oltin» telefon raqamini xarid qilib berishni va'da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 08:38 / 26.03.2020 9745

Uchtepa tumani IIO FMB TB tomonidan jinoiy ish bo‘yicha tergov olib borildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Uning davomida aniqlanishicha, 2018 yilining mart oyidan aprelga qadar bo‘lgan muddat davomida 30 yoshli N.S. 34 yoshli R.I.ning ishonchiga kirib, tijorat bilan shug‘ullanishini ma'lum qilgan va “oltin” telefon raqami xarid qilishda yordam berishi mumkinligini aytgan. 

Buning uchun u 7 000 AQSh dollari olgach, va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Yaxshi tanimagan insonlaringizning xizmatlaridan foydalanmang. “Chiroyli” raqam xarid qilish uchun rasmiy vakillarga murojaat qiling”, - deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: