Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamaydi
O‘tgan yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish 4,5 foizga, neft qazib olish 8,5 foizga, benzin ishlab chiqarish 3,8 foizga qisqardi. Avtomobil ishlab chiqarish oshib, qariyb 400 ming donani tashkil etdi.

Foto: O‘zbekneftgaz
Statistika agentligi 2024 yildagi sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida gaz qazib olish hajmi 44,59 mlrd kub metrni tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,1 mlrd kub yoki 4,5 foizga qisqargan.
2024 yilning yanvar-dekabr oylaridagi gaz qazib olish ko‘rsatkichlari:
- Yanvar – 3,99 mlrd kub (o‘tgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
- Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
- Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub);
- Aprel – 3,7 mlrd kub (3,94 mlrd kub);
- May – 3,52 mlrd kub (3,6 mlrd kub);
- Iyun – 3,54 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
- Iyul – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
- Avgust – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
- Sentyabr – 3,55 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
- Oktyabr – 3,6 mlrd kub (3,78 mlrd kub);
- Noyabr – 3,67 mlrd kub (3,79 mlrd kub);
- Dekabr – 3,8 mlrd kub (3,92 mlrd kub).
Ma’lumot uchun, 2022 yilda gaz qazib olish 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgacha yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgacha yoki 9,6 foizga qisqargandi.
2018-2024 yillar oralig‘ida tabiiy gaz qazib olish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:
- 2018 yil – 61,59 mlrd kub metr;
- 2019 yil – 60,71 mlrd kub metr;
- 2020 yil – 49,77 mlrd kub metr;
- 2021 yil – 53,8 mlrd kub metr;
- 2022 yil – 51,67 mlrd kub metr;
- 2023 yil – 46,71 mlrd kub metr;
- 2024 yil – 44,59 mlrd kub metr.
Statistika raqamlariga qaraydigan bo‘lsak, oxirgi 7 yilda gaz qazib olish qariyb 28 foizga yoki 17 mlrd kub metrga kamaygan.
2024 yilda ko‘mir qazib olish 7 mln 166 ming tonnani tashkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga oshgan.
Hisobot davrida neft qazib olish 779 ming tonnadan 713 ming tonnaga (-8,5 foiz) kamaygan bo‘lsa, gaz kondensati ishlab chiqarish 1 mln 198 ming tonnadan 1 mln 214 ming tonnaga oshgan.
O‘tgan yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2023 yilga nisbatan 4,6 foizga ko‘paygan. Xususan, 2023 yilda 77,67 mrld kWh elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024 yilda 81,28 mlrd kWhʼgacha oshgan. Umumiy ishlab chiqarish ko‘paygan bo‘lsa-da, yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan elektroenergiya hajmi 8 foizga kamaygan.
Hisobot davrida dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 1 mln 12 tonnadan 949 ming tonnaga, benzin ishlab chiqarish 1 mln 333 ming tonnadan 1 mln 282 ming tonnaga qisqargan.
2024 yilda O‘zbekistonda 399 ming 327 dona mashina ishlab chiqarilgan. Bu 2023 yilga nisbatan 3603 donaga ko‘p.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:03 / 16.07.2025
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin

20:58 / 15.07.2025
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

09:05 / 07.07.2025