Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida taxsil olayotgan talabalarni bepul olib ketish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda boshqarmaning telegram kanalida e'lon berildi.
“Shu kunlarda uyiga qaytish niyatida bo‘lgan, ammo ayrim insofsiz taksichilar yo‘lkira narxini asossiz oshirib yuborgani sabab qiynalib qolgan qashqadaryolik talabalar uchun muhim yangilik. Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tashabbusi bilan qashqadaryolik talaba yoshlarni olib kelish chorasi ko‘riladi. Bu ish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.
Buning uchun 18 mart kuni soat 10:00 ga qadar Toshkent shahridagi Talabalar shaharchasiga yetib kelishingiz so‘raladi. Shu joyning o‘zida Qashqadaryoga qaytish uchun transport vositalari qatnovi tashkil etiladi. Murojaat uchun Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov bilan quyidagi telefon orqali bog‘laning: +998973507788” deyiladi xabarda.