Makron: Ukraina inqirozi va Trampning siyosatini Yevropani birdamlikka undamoqda
Fransiya prezidentining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning siyosati, shuningdek, Yevropaning boshqa davlatlarga qaramligini kamaytirishga ham xizmat qilyapti.

Foto: Reuters
Ukraina inqirozi va AQSh prezidenti Donald Trampning yangi administratsiyasi Yevropa Ittifoqini birdamlikka hamda yevropaliklarni kollektik xavfsizlik chaqiruvlariga javob tayyorlashga undamoqda. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 fevral kungi bayonotida ma’lum qildi.
Fransiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp siyosiyati Yevropani boshqa davlatlarga qaramligini kamaytirishga ham xizmat qilmoqda.
«Ukrainadagi voqealar, shuningdek, Donald Trampning yangi administratsiyasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar yevropaliklarni yanada birdam bo‘lishga, kollektiv xavfsizlik sohasidagi chaqiriqlarga faolroq javob qaytarishga undayapti», — dedi Fransiya rahbari YeI yetakchilarining norasmiy uchrashuvida.
Makronning ta’kidlashicha, koronavirus epidemiyasi va Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzi qayta uyg‘onish nuqtasiga aylangan. Uning aytishicha, Donald Trampning AQSh hokimiyati tepasiga kelishi Yevropaning boshqa davlatlarga bo‘lgan qaramligini kamaytirish yo‘nalishini belgilab bergan omillardan biriga aylangan.
Fransiya yetakchisining qayd etishicha, ittifoq a’zolari «mudofaa sanoati va mudofaa texnologik bazalarini rivojlantirishni davom ettirishi», bundan tashqari, «Yevropa ishlab chiqarishiga ustuvorlik bergan holda ko‘proq investitsiya kiritishi» kerak.
Avvalroq Yevropa komissiyasi AQSh prezidenti Donald Trampni yaqinda qabul qilingan tarif qarorlari ortidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savdo urushlari oqibatlari haqida ogohlantirgandi. Yevropa Ittifoqi vakilining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi nohaq yoki o‘zboshimchalik bilan tariflarni joriy qilgan har qanday savdo sherigiga «qat’iy javob beradi».
Mavzuga oid

20:14
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi

21:24 / 07.03.2025
Ukraina birinchi marta Fransiyaning Mirage qiruvchi samolyotlaridan foydalandi

20:08 / 06.03.2025