Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bosh vaziri Kuril orollari haqida gapirgan amaldorlar nomidan kechirim so‘radi
Yaponiyalik amaldorlar yanvar oyida Rossiya bilan birgalikda Kuril orollarida yadroviy chiqindixona tashkil etish taklifini bergan. Bosh vaziri Sigeru Isiba ularning taklifini «mas’uliyatsizlik» deb atadi.

Foto: AP
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba Kuril orollarining janubiy qismida Rossiya bilan birgalikda yadroviy chiqindilarni ko‘mishga mo‘ljallangan hudud tashkil etilishni tashkillashtirish haqida gapirgan yapon amaldorlari nomidan kechirim so‘radi.
Yanvar oyida Tokioda o‘tkazilgan simpoziumda Yaponiyadagi AESlardan chiqayotgan radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qiladigan joyni tanlash muhokama qilingan. Mehmonlardan biri Rossiya bilan Kuril tarkibidagi to‘rtta orolni u yerda birgalikda yadroviy chiqindilarni yo‘q qilish zonasini yaratish sharti bilan Yaponiya tomoniga berish bo‘yicha kelishuvga erishishni taklif qilgan. Yaponiya yadroviy chiqindilarni boshqarish tashkiloti hamda Tabiiy resurslar va energetika boshqarmasi a’zolari bu g‘oyani olqishlagan. Keyinroq amaldorlar o‘z so‘zlari uchun kechirim so‘ragan.
«Bunday bayonot berilmasligi kerak edi. Bu yerda mas’uliyatsizlik va takabburlikka yo‘l qo‘yilgan. Hukumatning mas’ul vakili sifatida kechirim so‘rayman», — dedi Isiba parlamentdagi chiqishi vaqtida.
2022 yil martda Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilganidan keyin RF Kuril orollarining maqomi to‘g‘risidagi muzokaralar va tinchlik bitimini imzolashdan bosh tortdi. Shuningdek, yaponlarning Kuril orollariga vizasiz tashrif buyurishi bekor qilindi. 2023 yilda Yaponiya 2003 yildan beri ilk marta Janubiy Kuril orollari noqonuniy ravishda egallab olingan dedi.
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025