Samarqand viloyat transport boshqarmasi tomonidan 18 mart kuni soat 09:00 va 10:00 larda «Toshkent» avtovokzalidan Samarqand shahriga homiylar ko‘magida bepul avtobuslar yo‘lga chiqadi.
Shuningdek, Andijon viloyat hokimligi hamda transport boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahridan Andijon viloyatiga ketishi rejalashtirgan talaba yoshlar va fuqarolarni olib kelish maqsadida 17 mart soat 17:00 da Andijon shahridan Toshkent shahriga 20 dona yengil avtomobillardan tashkil topgan «Avtokarvon» yo‘lga chiqqan.
Mazkur avtakarvon 18 mart kuni soat 09:00 da Toshkent shahrining «Qo‘yliq» avtoturargohidan yo‘lovchilar bilan Andijon viloyatiga qaytadi. Avtokarvon bilan yo‘lovchilar Andijon viloyatiga bepul olib ketiladi.
Talaba yoshlar 18 mart kuni ko‘rsatilgan vaqtlarda yo‘lga aytilgan joyda hozir bo‘lishlari va xizmatdan foydalanishlari mumkin.