Davlat muzeylari karantin tufayli yopiladi

Jamiyat 18:48 / 17.03.2020 1791

Yuqori tashkilotlarning topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq bu karantin muddati o‘z nihoyasiga yetgunga qadar davom etadi. 

Bundan tashqari, estrada xonandalarining «Xalqlar do‘stligi» san'at saroyi, «Turkiston», «Zarafshon» va boshqa konsert zallarida o‘tkaziladigan konsert dasturlari, viloyatlar, tumanlar va barcha hududlarda ommaviy tadbirlar vaqtincha qoldiriladi.

Bundan avvalroq, 30-31 mart kunlari Xiva – 2020 «Turk dunyosi madaniyati poytaxti» tadbiri ham bekor qilinishi aytib o‘tilgan edi.

Shuningdek, 14-17 aprel kunlari Buxoro – 2020 «Islom madaniyati poytaxti» yiliga bag‘ishlangan tadbirlar, 21-27 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Teatr haftaligi» tadbirlari ham rasman bekor qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: