Samarqand shahri ko‘chalarida «Avtopatrul» reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Jamiyat 19:20 / 16.03.2020 9547

Samarqand viloyati IIB YHXB boshqarmasi Axborot xizmatining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, qayd etilgan qoidabuzarliklar ichida 284ta qo‘pol qoidabuzarlik, 55ta tegishli hujjatlarsiz, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish, 9ta svetofor va chorrahadan o‘tish qoidasini buzish, 5ta avtomashinani davlat raqam belgisiz boshqarish, 43ta tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatgan holat, 99ta odam tashish qoidasini buzish, 7ta telefondan foydalanish va 187ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlandi. Reyd davomida 123 ta transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Shuningdek, tadbir davomida Samarqand viloyati IIB YHXB Transport boshqarmasi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari bilan birgalikda Samarqand shahar ichki yo‘nalishlarida transport xizmati ko‘rsatadigan jamoat avtotransport vositalari dezinfeksiya qilinmoqda.

Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat transportlarida dezinfeksiya ishlari bilan bir qatorda jamoat transportlaridan muntazam foydalanuvchi fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu reyd tadbirlarini o‘tkazishdan maqsad — sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish. 

Ko‘proq yangiliklar: