Ibrat: farg‘onalik haydovchi talabalarni bepul yetkazib qo‘yish taklifi bilan chiqdi

Jamiyat 13:15 / 16.03.2020 39972

 – O‘zim savdogarman, Bag‘dod tumanida yashayman. Talabalarimiz uylariga yetib olishga qiynalganlarini eshitib, haydovchilar guruhiga shu taklifni tashlagandim. Sizlar ham xabar topibsizlar – deya so‘z boshladi u.

– Nega suratingiz va ism-sharifingizni to‘liq oshkor qilishimizni xohlamadingiz?

– Aka, savobli ishning ham yo‘l-yo‘rig‘i bor. O‘zi oshkor qilmaganimiz ham ma'qul edi, keladiganlar guruh orqali o‘zlari topib olishyapti. Bu ham bir-ikki kunda o‘tadigan sinovda...

– Bu tashabbusingiz imkoni bor haydovchilarga o‘rnak bo‘lishini istagandik. Taklifingiz necha kun o‘z kuchida bo‘ladi?

– Istovchilar bo‘lishiga va o‘zimning vaqtimga qarab qatnayveraman.

– G‘oya qanday tug‘ildi?

– Bu narsa yangilik emas. Bilasizmi, tagimizdagi mashina ham omonat. Uni savobli ishlarga ishlatish o‘zimizga bog‘liq.

– Savobli ishlaringizning ajrini bersin.

 Suhbatimiz yakunida yurtdoshlarimiz orasida shunday tashabbuskor yigitlar ko‘payishini, yo‘lovchilar ko‘paygan mana shunday sinov kunlarida haydovchilarimizdan narx borasida insofni unutmasliklarini so‘rab qolamiz

 Abror Zohidov.

Ko‘proq yangiliklar: