Konsertlar va madaniy tadbirlar noma'lum muddatga qoldiriladi

Jamiyat 21:13 / 15.03.2020 15539

16 martdan boshlab O‘zbekistonda konsert dasturlari noma'lum muddatgacha to‘xtatiladi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

«16 mart sanasidan boshlab rejalashtirilgan barcha konsert dasturlari to‘xtatiladi. Konsert dasturlarining qachon davom etishi karantin muddatining natijalariga bog‘liq», – deyiladi Odiljon Abduqahhorovning bildirishida.

Ma'lum qilinishicha, «Million» jamoasining 28 mart ― 2 aprel kunlariga rejalashtirilgan konsert dasturi 27 iyun ― 6 iyul kunlariga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Yulduz Usmonovaning 25 mart ― 3 aprel sanalarida bo‘lib o‘tishi kutilgan konsert dasturining oxirgi seansi bugun, ya'ni 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi, qolgan qismi noma'lum muddatga qoldiriladi.

«Konsert dasturlarining ko‘chirilgan sanasi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar e'lon qilinadi, xarid qilingan chiptalar o‘z kuchida qoladi», dedi Abduqahhorov.

Estrada xonandalarining «Xalqlar do‘stligi» san'at saroyi, «Turkiston», «Zarafshon» va boshqa konsert zallarida o‘tkaziladigan konsert dasturlari, viloyatlar, tumanlar va barcha hududlarda ommaviy tadbirlar vaqtincha qoldirilishini Madaniyat vazirligi axborot xizmati ham tasdiqladi.

30-31 mart kunlari Xivaning «Turk dunyosi madaniyati poytaxti», 14-17 aprel kunlari Buxoroning «Islom madaniyati poytaxti» deb e'lon qilinganiga bag‘ishlangan tadbirlar, 21-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan «Teatr haftaligi» tadbirlari rasman bekor qilinadi.

Bundan avvalroq, koronavirusga qarshi choralar sifatida barcha ta'lim muassasalari yopilishiNavro‘z sayllarining bekor qilinishi va kinoteatrlar faoliyati to‘xtatilishi haqida ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: