Ijro hujjati ijro bo‘limiga 27.12.2019 yilda kelib tushgan bo‘lib, qarzdor korxonaga nisbatan ixtiyoriy muddat davomida qarzdor tomonidan qarzdorlik uzrsiz sabablarga ko‘ra bajarilmay kelgan.
Shunga ko‘ra, ijro ishi yuzasidan qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda soliq qarzdorligi to‘lanmay kelganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan “Naqlgazmaxsusqurilish” AJga tegishli bo‘lgan Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan yer uchastkasining umumiy maydoni 22 893 m2bo‘lgan bino inshootlar xatlanib, band solindi.
Yuqoridagi inshootlar boshlang‘ich narxi 17 mlrd. 335 mln. 943 ming so‘mga baholangan holda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarildi.