Saraton kasalligini yengishga yordam beradigan eng so‘nggi muolajalar

Jamiyat 09:00 / 11.03.2020 6952

Saraton hujayralari juda aqlli. Ular kamuflyaj qilish va immunitetimizni aldashga qodir, shu bilan birga tananing mudofaasida ko‘rinmas bo‘lib, nazoratsiz ko‘payib sog‘lom to‘qimalarga ta'sir qiladi. Biroq, eng muhimi o‘lish uchun tabiat tomonidan ishlab chiqilgan sog‘lom hujayralardan farqli o‘laroq ular «o‘lmas». Bir necha yillar davomida tibbiyot onkologiya tabiatini aniqlash uchun faol izlanishlar olib bormoqda. Va olimlar bu masalada sezilarli yutuqlarga erishdilar deb aytish mumkin. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan yangi kashfiyotlar tufayli onkologiyani davolashning yangi usullari va texnologiyalari ishlab chiqilib, ushbu kasallik bilan samarali kurashishga imkon berdi. 

Dunyoga mashhur AQShning Johns Hopkins Medicine tibbiyot klinikasi bilan hamkorlikda ishlaydigan «Anadolu» tibbiyot markazi mutaxassislari (Istanbul, Turkiya) quyida zamonamizning eng yomon xastaliklaridan birini davolashda katta yutuqlarga erishishga imkon bergan so‘nggi tibbiy yutuqlar haqida o‘z fikrlarini bayon qilishadi.

Maqsadli terapiya

«Ko‘p yillar davomida shifokorlar onkologiyaning har qanday turiga qarshi standart usullarni qo‘lladilar», deydi «Anadolu» tibbiyot markazining tibbiy onkologiya kafedrasi mudiri, professor Nedget Uskent. – Ammo, keyinchalik olimlar har bir o‘simta o‘ziga xos genetik mutatsiyaga ega ekanligini aniqladilar. Ya'ni, hatto ko‘krak saratonining ham bir necha turi mavjud. Shunga ko‘ra, har bir xavfli o‘simta individual yondashuvni talab qiladi. Ushbu kashfiyot tufayli maqsadli davolash kabi shaxsiy davolash usullari tibbiyotda paydo bo‘ldi, bu esa o‘simtalarning turlariga qarab ularga maqsadli ravishda ta'sir qilish imkonini berdi».

Masalan, mayda hujayrali o‘pka saratonining paydo bo‘lishi odatda ALKning genetik mutatsiyasidan kelib chiqadi. Ushbu kashfiyotga asoslanib, olimlar bunday mutatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan maqsadli dori ishlab chiqdilar. Bu hatto 4-bosqich saraton kasalligi bo‘lgan bemorlarda ham juda muvaffaqiyatli natijalarga erishish imkonini berdi.

Boshqa bir misol, surunkali miyeloid leykemiyani ilgari davolash juda qiyin bo‘lgan. Ko‘pincha qon saratoni bilan og‘rigan bemorlar uchun yagona najot suyak iligi transplantatsiyasi edi. Biroq, yangi maqsadli dorilarning paydo bo‘lishi tufayli shifokorlar ushbu kasallikka qarshi muvaffaqiyatli kurashib, lenfoma va leykemiyaning turli shakllari bo‘lgan bemorlarning taxminan 70-80 foizida barqaror remissiyaga erishdilar. Bundan tashqari, ba'zi hollarda bu ko‘rsatkich suyak iligi transplantatsiyasiz 90 foizga yetadi.

Immunoterapiya

Odamning immunitet tizimini saraton kasalligiga qarshi kurashda ishlatadigan davolashning ushbu yangi usuli ko‘plab onkologiyaning keng tarqalgan turlarini davolashda sezilarli yutuqlarga erishishga yordam berdi. 

Immunoterapiya saratonni inson immunitetidan yashirish uchun ishlatadigan mexanizmlarni ajratish natijasida paydo bo‘ldi. Ma'lumki, organizm o‘z immunitetidan himoya qilish uchun PD1 oqsilini ishlab chiqaradi. Olimlar zararli hujayralar bundan xabardor ekanliklarini va shuningdek, «o‘zlarini yashirish uchun» PD1 ishlab chiqarganliklarini aniqladilar. 

«Ushbu kashfiyot onkologiyani davolashda katta yutuq bo‘ldi va PD1 ishlab chiqarilishini blokirovka qiladigan yangi samarali dorilarni yaratishga yordam berdi, shu bilan patologik hujayralarni immunitet tizimiga ko‘rinadigan qildi», deydi onkolog, «Anadolu» klinikasi professori Sheref Komurju. «Albatta, ba'zi hollarda bu usul o‘simtani butunlay yo‘q qila olmaydi, ammo bu kasallikning rivojlanishini to‘xtatishi mumkin».

CAR-T hujayrali terapiyasi

Bugungi kunda saraton kasalligini davolashning yana bir inqilobiy usuli – CAR-T hujayrali terapiya (kimyoviy antigenli retseptor) hisoblanadi. Uning mohiyati o‘simtalarni yo‘q qilishga qaratilgan maxsus immunitet hujayralarini tayyorlashda yotadi. 

Ma'lumki, immunitetning asosi tanadagi xavfli begona hujayralar bilan kurashish uchun mo‘ljallangan leykotsitlardir. O‘z-o‘zidan, ular har doim ham saraton kasalligini yo‘q qilishga qodir emas. Shu munosabat bilan, olimlar o‘simta hujayralarini yaxshiroq tanib olish va ularga hujum qilish uchun ularni o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surishdi. 

«Leykotsitlar hujayralari (T-limfotsitlar) bemorning qonidan ajralib chiqadi va keyin sun'iy DNK yordamida laboratoriyada «qayta dasturlashtiriladi», deydi onkolog, professor Nejdet Uskent. - Shunday qilib, biz «universal askarlar»ni saraton kasalligiga qarshi kurash uchun qamoqqa olamiz. Ushbu usul ayniqsa o‘tkir limfoblastik leykemiya va limfoma davolashda yaxshi natijalarni ko‘rsatdi».

Smart biopsiya

Fan nafaqat davolashda, balki onkologiya diagnostikasida ham katta yutuqlarga erishdi. So‘nggi yillarda tibbiyotda, hatto erta bosqichlarda ham saraton kasalligini yuqori aniqlik bilan aniqlashga yordam beradigan yangi tibbiy texnologiyalar paydo bo‘ldi. Masalan, saraton diagnostikasi sohasidagi yutuqlardan biri suyuq CTC biopsiyasi («qon tomchisi biopsiyasi») edi. Ushbu usul bemorning qonidagi zararli hujayralarni hatto erta bosqichda ham o‘simta juda kichik bo‘lganida va UZI, MRT, KT kabi an'anaviy apparatlar yordamida aniqlashga imkon beradi. «CTC texnologiyasi tufayli nafaqat saraton hujayralarini aniqlash va ularning sonini aniqlash, balki onkologiya turini, xususan o‘pka, ko‘krak, yo‘g‘on ichak va prostata saratonini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldik», deydi «Anadolu» klinikasi patologiya bo‘limi boshlig‘i, professor Husayn Baloglu.

Revolyutsion davolash texnologiyalari

Bugungi kunda eng yangi tibbiy texnologiyalar ham onkologiyani davolashda katta muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Bugun ham «Da Vinchi» roboti yordamida ko‘plab jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilmoqda. Bu jarrohning qo‘lidan ko‘ra ko‘proq harakatga keltiradi va bir nechta mayda kesmalar orqali yanada murakkab va erishish qiyin bo‘lgan o‘smalarni samarali olib tashlashga yordam beradi. Buning yordamida davolanish natijalari oshadi, asoratlar xavfi kamayadi, bemor tuzalish ehtimoli ko‘proq va odatdagi hayotiga qaytishi mumkin.

Bundan tashqari, radioterapiya va rentgenografiya yordamida saraton kasalligini jarrohliksiz davolash alohida rivojlandi. Ilgari radiatsiya onkologiyasi asosan bemorlarning azoblanishini yengillashtirish uchun palliativ maqsadlarda ishlatilgan, ammo bugungi kunda u saraton kasalligining ko‘plab turlarini davolashning ajralmas qismidir.

«Yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi tufayli, biz o‘simtani yuqori dozalarda nurlanish orqali sog‘lom to‘qimalarga zarar bermasdan qisqa vaqt ichida yo‘naltirish imkoniyatiga egamiz. Natijada davolash samarasi sezilarli darajada oshadi va bemorlarda asoratlar xavfi kamayadi», deydi «Anadolu» tibbiyot markazining radiatsiya onkologiyasi bo‘limi boshlig‘i, professor Xale Bashak Chalar.

Siz onkologiyaga qarshi kurashning so‘nggi usullari haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishingiz, shuningdek, kasallik va tavsiya etilgan davolanish bo‘yicha shifokorlarning bepul maslahatlarini «Anadolu» tibbiyot markaziga so‘rov yuborib, quyidagilar orqali olishingiz mumkin:

Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru

Telefon: +90 554 383 64 85 (Telegram, Whatsapp)

Elektron pochta: asmintpatiens@anadolusaglik.org

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: