O‘zbekistonda 14-15 mart kunlari umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat 20:14 / 11.03.2020 5405

Farmoyishga muvofiq tuzilgan ishchi guruh umumxalq hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklari umumxalq hashari o‘tkaziladigan kunlari o‘z hududlarida ko‘chatlar ekib bog‘ yaratish;

mahallalar, ta'lim muassasalari, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish; 

barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;

ijgimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish; 

joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta'minlash; 

obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta'minlash;

umumxalq hasharini tegishli tashkilotlar hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etilgan xolda o‘tkazish; 

umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta'mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat'iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashgirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish; 

avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanganligini qatiy nazoratga olish.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqikot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan miqdordagi ko‘chatlar hamda qalamchalarni olish istagini bildirgan respublika hududlaridagi tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar barcha tashkilotlarga shartnoma asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda pul o‘gkazish yo‘li bilan tashkilotlarning ushbu tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobidan yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga umumxalq hasharini o‘tkazish tadbiriga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilish tavsiya etildi. 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, ”Yuksalish” umummilliy harakatiga umumxalq hashari doirasida 14 mart kuni respublika miqyosida yoshlar ishtirokida ekologik aksiyalarni tashkil etish tavsiya etildi. 

Hujjat bilan, umumxalq hasharini o‘tkazish munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari boshqaruvlarining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilishi tavsiya etildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondiga umumxalq hasharidan tushgan mablag‘larni “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yolg‘iz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish, uy xo‘jaligi ishlariga ko‘maklashish, fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qo‘llab-quvvatlash kabi tadbirlarga sarflanishini ta'minlash tavsiya etildi.

Ko‘proq yangiliklar: