Samarqandda Siyob kanaliga tushib ketgan 3 yoshli bola qidirilmoqda

Jamiyat 23:55 / 09.03.2020 15104

Ma'lum bo‘lishicha, 8 mart kuni soat taxminan 10:40larda 3 yoshli Behruz voyaga yetmagan yaqin qarindoshlari bilan kanal yoqasida o‘ynab, suvga tushib ketgan. Voqeadan xabar topgan yaqinlari tezda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

Bolaning otasi Bobur To‘xtayevga ko‘ra, 8 mart kuni ikki nafar, 9 mart kuni 18:40gacha uch nafar g‘avvos suvdan bolani izlagan, ammo topolmagan.

Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda.

«Kanalda chiqindilarning haddan tashqari ko‘pligi qidiruv ishlarini qiyinlashtirmoqda», deydi boshqarma vakili.

Farzandini yo‘qotib, azob chekayotgan Behruzning otasi o‘g‘lini topish uchun nafaqat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan, balki hamma samarqandliklardan najot kutyapti.

Ko‘proq yangiliklar: