Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Mahkama xabariga ko‘ra, unda fuqaro S.X. “999" probali 192,0 gramm quyma oltin parchalarini 8 000 AQSh dollari va 13,5 mln so‘mga fuqaro O.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, quyma oltin parchalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.