UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi kirib kelgan bahor ayyomi munosabati bilan joriy yilning ilk haftasida avtomobil boshqaradigan munis ayollarimiz uchun bayramona aksiya tashkil qildi.
Mazkur aksiya doirasida avtomobillarining texnik holatini malakali mutaxassislar yordamida tekshirishni istagan barcha ayollarga mana shunday imkoniyat taqdim etildi.
UzAuto Motors Service & Trade-In Markazi bir hafta davomida eng so‘nggi kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida avtomobilning barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshirib, ayollarga keyingi foydalanish bo‘yicha maslahat berdilar. Shuningdek, butun hafta davomida ayollarga avtomobilni bepul yuvish, g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g‘ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etildi.
Ushbu aksiyadan foydalangan ayollarning fikrlari bilan qiziqdik.
Vera Tishina (dasturchi):
– Markazga aksiyadan foydalanish maqsadida tashrif buyurib, bu yerdagi muhitdan hayratga tushdim — servis Markazida mana shunday muhit bo‘lishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim. Malakali mutaxassislar avtomobilingni ko‘rikdan o‘tkazgunga qadar, sen bemalol dam olish, musiqa eshitib, tamaddi qilib olish uchun ham barcha imkoniyatlar yaratilgani meni lol qoldirdi. Eng asosiysi avtomobilimni haqiqiy malakali mutaxassislar ko‘rikdan o‘tkazganidan mamnun bo‘ldim. Judayam e'tiborli xodimlar, do‘stona munosabat — men endi avtomobilimni faqat ushbu Markazda ko‘rikdan o‘tkazishimga ishonchim komil va albatta yaqinlarimga ham buni tavsiya qilaman.
Aziza Rashidova (o‘qituvchi):
– To‘g‘risi, aksiyani eshitib rosa xursand bo‘ldim. Shuning uchun darrov ishtirok etdim. Mana omadim kelgan ekan aksiyadan foydalandim. Bu yerdagi xizmatlar, mijozni kutib olish jarayoni menga juda yoqdi. Avtomobilim 4 bosqichda sifatli va tezkor texnik ko‘rikdan o‘tkazildi hamda ko‘rik natijalari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu yerda ayniqsa, biz ayollarga bo‘lgan e'tibor va xushmuomalalikdan mamnunman. Ayollarimizga mana shunday imtiyozlar ko‘payaversin.
Shohira Raupboyeva, “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktor o‘rinbosari:
– Aksiya haqida men kecha eshitdim va bugun barchasini o‘z qo‘zim bilan ko‘rishga qaror qildim. Sababi jurnalist sifatida menga bu juda qiziq, qolaversa, ayol sifatida ham sovg‘a olish yoqimli. Trade-In markazi haqiqatdan ham juda shinam va chiroyli ko‘rinishga ega ekan. Men xizmat vazifasida ko‘p chet ellarda bo‘lganman, asosan Mersedes-Benz kompaniyasida, va bu yerdagi muhit menga aynan o‘sha kompaniyaning ko‘rinishini eslatib yubormoqda. Bu aksiya haqida iloji boricha barcha ayol tanishlarimga yetkazishga harakat qilaman, deyarli hozir ham shu yerga kirib kelishim bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida video-suratga olib, o‘z sahifamga joylashtirishga ulgurdim. Bugungi ko‘rsatilgan hurmat va e'tibor uchun hammadan minnatdorman.
Doimiy an'anaga ko‘ra, bahorning ilk haftasi munis ayollarimizga bag‘ishlandi. Umid qilamizki, aksiya mobaynida Trade-In markazi tomonidan ko‘rsatilgan bepul xizmatlar: kompyuter diagnostikasi, g‘ildiraklarni moslashtirish (razval), g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va avtomoyka ayollarimizga oz bo‘lsa-da foydali bo‘ldi va yaxshi kayfiyat ulasha oldi.
O‘tgan yilning oktabr oyi oxirida “UzAuto Motors” AJ avtomobil bozorida jahon amaliyotidagi so‘nggi tendensiyalar asosida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi Respublikada birinchi TRADE-IN savdo-servis markazini ishga tushirdi. Bu mamlakatimizda avtomobil sotish uchun butunlay yangi tizim hisoblanadi. Markaz minilgan avtomobil sohiblariga mashinalarini avtosalonda mutlaqo yangisiga pul qo‘shib to‘lash asosida almashtirish imkonini bersa, minilgan avtomobil olmoqchi bo‘lganlarga foydalanilgan mashinaning yuridik “toza”ligi va “kasallik tarixi” haqiqiyligiga ishonch hosil qilish imkoniyatini yaratadi.
Yangi va minilgan avtomobillar uchun mo‘ljallangan keng savdo maydonlaridan tashqari, UzAuto Motors Service & Trade-In Center servis va savdo markazida o‘zining ta'mirlash va bo‘yash angarlari ham bo‘lib, ular eng zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan. Dilerga Trade-In tizimi orqali topshirilgan minilgan avtomobillar shu yerning o‘zida diagnostikadan o‘tadi va zarur bo‘lsa, ta'mirlanadi, detallari almashtiriladi va bo‘yaladi. Avtomobillarni tezkor va sifatli ta'mirlash uchun markazda eng zamonaviy jihozlar va ishlab chiqaruvchidan ehtiyot qismlarning katta ombori mavjud. Shuningdek, markaz hududida gaz balloni jihoziga xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, zamonaviy va keng avtoyuvish nuqtasi ishlab turibdi.
Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun, markaz hududida avtomobil ehtiyot qismlari, kimyo va aksessuarlar do‘koni ochiq, ikkinchi qavatda oynavand shinamgina qahvaxona bor bo‘lib, undan ta'mirlash angaridagi barcha ishlarni kuzatish mumkin. Eng jajji mehmonlar uchun markaz hovlisida va qahvaxona hududida bolalar maydonchasi va o‘yin xonasi mavjud.
UzAuto Motors Service & Trade-In Center servis va savdo markazi avtohavaskorlar uchun keng turdagi xizmat ko‘rsatuvchi birinchi va yagona avtomobil markazidir. Markazimizga tashrif buyuring!
Ma'lumot uchun hozirda yurtimiz hududi bo‘ylab TRADE-IN dasturi bo‘yicha 38 ta dilerlik markazi faoliyat olib bormoqda.
TRADE-IN Markazi manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi 61 uyda
Mo‘ljal: «Do‘stlik-2» metro bekati.
Markaz haqida batafsil ma'lumot olish uchun telefon: +998781207077
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz va betakror ayollar! Aksiyamiz yakunlangan bo‘lsa ham, UzAuto Motors bilan bahor hali davom etadi!
Reklama huquqi asosida