PAYNET sizga to‘lovlarni qabul qiladigan istalgan punktda plastikdan naqd pul yechib olishga yordam beradi

Jamiyat 17:10 / 06.03.2020 3888

Endi butun O‘zbekiston bo‘ylab PAYNET to‘lovlarni qabul qiladigan 21 mingdan ortiq punktda Uzcard yoki HUMO plastik kartalaridan bankomat qidirib o‘tirmasdan tezda naqd pul yechib olish mumkin.

«O‘zbekistonliklar naqd pul bilan to‘lashni afzal ko‘radilar» – «Gazeta.uz» O‘zbekiston Markaziy banki sharhiga tayangan holda xabar bergandi. O‘tgan yilda respublika aholisi tovar va xizmatlar uchun naqd pul shaklida haq to‘lashni afzal ko‘rdilar. Kartalardan yechib olingan naqd pul hajmi 36,6 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2018 yildagi ko‘rsatkichdan 18,5% ga yuqoridir.

Va bunday vaziyatning sabablarini osongina tushuntirish mumkin: plastik karta bilan hisob-kitob qilishning yaqqol ko‘rinib turgan afzalliklariga qaramay, ularning egalari hisob-kitob qilishda ko‘pincha muammolarga duch keladilar, bu esa kishini ixtiyoriy tarzda naqd pullardan foydalanishga undaydi. Yoki savdo nuqtasida to‘lov terminali «kutilmaganda» buzilib qoladi, yoki savatni mahsulotlarga to‘ldirib olasiz, lekin bu vaqtda kassada server bilan aloqa bo‘lmaydi.

Bozorlarda esa yana ham qiyin: odatda u yerlarda «terminal» bo‘lmaydi, terminal bor joyda esa siz xohlagan chegirmani berishmaydi. Taksida ham shunday, avtobuslarda esa jyetonlar haqida o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Yana shunisi tushunarsiz, kartadagi pullarni qanday asrab qo‘yish mumkin – elektron pullar kartadan xuddi suvdek birpasda yo‘q bo‘lib qoladi.   

Mana shuning uchun ham karta egalari ish haqi kartaga tushishi bilan naqd pul yechib olish uchun bankomatlarga yuguradilar. Ba'zan naqd pul juda zarur bo‘lib qoladi, bunda yaqinda joylashgan ishlab turgan bankomatni qidirish va albatta ungacha yetib borish kerak bo‘ladi. Buning ustiga ishxonadan ruxsat so‘rash, navbatda turish va sizdan oldin turgan kishi pulini yechib olishi bilan bankomatda naqd pul tugab qolishi mumkinligini o‘ylab asabiylashishga to‘g‘ri keladi.

PAYNET sizni bu kabi muammolardan xalos qilishga qaror qildi va sizga butun O‘zbekiston bo‘ylab joylashgan 21 mingta to‘lov qabul qilish punktidan istaganingizda Uzcard  yoki HUMO plastik kartalaridan naqd pul yechib olishni taklif qiladi. Demak, endi ishlab turgan bankomatni qidirib vaqtingizni yo‘qotish va asabingizni buzishning hojati qolmaydi. Axir PAYNET to‘lovlarni qabul qilish punktlari hamma vaqt yaqiningizda, ulardan ba'zilari esa butun sutka davomida ishlaydi.

PAYNET to‘lovlarni qabul qilish punktlarida kartadan pullarni qanday yechib olish mumkin:

  1. Kartadan sizga eng yaqin joylashgan PAYNET to‘lovlarni qabul qilish punktini toping;
  2. Operatorga Uzcard yoki HUMO so‘mli plastik kartasidan naqd pul yechib berishni so‘rang;
  3. Operatorga SMS-xabar keladigan bir martalik kodni xabar qiling;
  4. Naqd pullarni oling.

PAYNET xizmatning to‘liq xavfsizligini kafolatlaydi. Pullarni yechib olish uchun operatorga kartaga bog‘langan telefon nomeriga  SMS-xabar keladigan bir martalik kodni xabar qilish kerak. Shuning uchun ham egasining o‘zidan boshqa hech kim pullarni yechib ololmaydi. Xizmat uchun komissiya to‘lovi 2% ni tashkil qiladi.

Diqqat: pullarni yechib olish uchun plastik kartada SMS-axborot xizmati ulangan bo‘lishi kerak. 

Yanada to‘liqroq axborot olish va sizga yaqin to‘lov punkti qayerda joylashganini bilish uchun quyidagi telefonga ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin: (+998) 71 202-07-07.

Sayt: paynet.uz

To‘lov qabul qilish punktlari kartasi: paynet.uz/poins

Facebook: fb.com/paynetuz.uz

Telegram: t.me/Paynetuz_official

Instagram: @paynetuz.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: