Kuniga 13 ming talaba darsda qatnashmayapti – Vazirlik

Jamiyat 18:59 / 06.03.2020 11504

«Oliy ta'lim muassasalarida bir hafta davomida davomat ko‘rsatkichini tahlil qildik.

Kunduzgi ta'limda 350 ming nafar talaba tahsil oladi. Bir kunlik davomat 96,3 foizni tashkil qildi. Albatta, bu juda yuqori ko‘rsatkich. Afsuski, bir kunda 3,7 foiz yoki 13 ming nafar talaba darsga qatnashmayapti.

O‘ylab ko‘ring: talaba darsga qatnashmasdan nima bilan shug‘ullanyapti? Kim javob beradi bunga? Nima uchun Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi bunga javob berishi kerak? Bu raqam hammani tashvishlantirishi lozim va u kichik raqam emas. Bitta OTMda bir kunda umuman dars bo‘lmagan, deb hisoblash mumkin», – dedi Xoliqov 6 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Ta'kidlanishicha, OTMlar o‘tayotgan kredit-modul tizimida davomat emas, bilim tekshiriladi. Bu esa malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini berishi aytilmoqda.

Hozirda kredit-modul tizimi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat agrar universitetida joriy etilgan. Kelgusida 85ta OTMda ushbu tizim tatbiq etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: