Bojxonachilar 1905 yilda ishlab chiqarilgan qadimiy samovarni to‘xtatib qolishdi

Jamiyat 16:49 / 06.03.2020 6429

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining S.Najimov chegara bojxona postiga “Toyota Camry” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro Yu.Sh.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu fuqaroning qo‘l yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, 1 dona 1905 yilda Tula shahrida ishlab chiqarilgan “M.Slogozberg'” nomli samovarni qo‘shni davlatga olib chiqayotganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: