O‘zbekistonning birinchi osmono‘par binosi 49ta tijorat do‘konini kimoshdi savdosida sotilishi haqida e'lon qiladi

Jamiyat 09:00 / 04.03.2020 28158

Tijorat maydonlari bozor narxlaridan past narxlarda sotiladi.  

O‘zbekiston bozorida ko‘chmas mulk savdosi formati jadal sur'atlar bilan o‘zgarib bormoqda. Masalan, qulay iqtisodiy vaziyatga ega Yevropada bu jarayon jamiyatda mustahkam o‘rnashgan va u ko‘chmas mulk sotib olish va sotishning asosiy usuli hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bunday tizim hanuzgacha yangilik hisoblanadi va undan ko‘pincha muammoli turar-joy ko‘chmas mulki, yer uchastkalari va tijorat obektlari bilan bog‘liq bitimlardagina foydalaniladi. Biroq, obektning yangi egalarini, ishlab chiqaruvchilarini va pudratchilarini tanlashning bunday usuli eng istiqbolli usul hisoblanadi. 

Markaziy Osiyodagi eng baland binolardan biri Nest One (266,5 metr) bu jahon andozalari bo‘yicha qurilayotgan, Nest'ning qulaylik standartlariga muvofiq loyihalashtirilgan mukammal me'moriy dizayn va turar-joy xonalariga ega noyob loyiha bo‘ladi. Osmono‘par bino ayni vaqtda «Tashkent City» XBM hududida qurilmoqda.

14 mart kuni Hilton Hotel Tashkent mehmonxonasining tantanalar zalida savdo maydonlarini sotish bo‘yicha kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tadi. Nest One'da jami 49ta lot bor, bundan tashqari umumiy miqdorga yana to‘rtta qo‘shimcha lot qo‘shiladi. Ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish uchun siz Nest One'ning savdo ofisiga borishingiz va o‘z bayrog‘ingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak. Bo‘nak 13 martgacha to‘lanishi kerak.

Kimoshdi savdosi paytida quyidagi bayroqlardan foydalaniladi:

  • Oq rang – 20 000 000 so‘m to‘lagan, tegishli obektlar bo‘yicha kimoshdi savdosida qatnashish huquqiga ega ishtirokchilar uchun;
  • Yashil – 40 000 000 so‘m to‘lagan, tegishli obektlar bo‘yicha kimoshdi savdosida qatnashish huquqiga ega ishtirokchilar uchun;
  • Moviy – 100 000 000 so‘m to‘lagan, tegishli obektlar bo‘yicha kim oshdi savdosida qatnashish huquqiga ega ishtirokchilar uchun. 
  • Qora – 200 000 000 so‘m to‘lagan, tegishli obektlar bo‘yicha kimoshdi savdosida qatnashish huquqiga ega ishtirokchilar uchun. 

Bayroq rangiga qarab, kimoshdi savdosi ishtirokchilari kimoshdi savdosiga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ro‘yxatiga muvofiq tegishli obektlar bo‘yicha qatnashishlari mumkin. Bularning barchasi bitta nizomda tasdiqlangan bo‘lib, kimoshdi savdosining har bir ishtirokchisi u bilan tanishib chiqishi mumkin.

Nest One'dagi cheklangan miqdordagi do‘konlarga katta qiziqish bo‘lganligi tufayli barchaga teng imkoniyatlarni taqdim etish maqsadida, kompaniya savdo joylarini bozor narxlaridan pastroq narxlarda sotadi.  

«Albatta, Nest One do‘konlarini sotish uchun ma'lum bir narxni belgilab qo‘yishi mumkin edi, lekin tovarga bildirilgan qiziqish tufayli biz do‘konlarga bo‘lgan qiziqishni susaytirmaslik va raqobat kurashida teng imkoniyatlarni yaratish uchun eng to‘g‘ri sotish usuli bu – kimoshdi savdosi deb bildik. Sotuvga qo‘yilgan tovarlar qiymatidan past yoki undan yuqori narxda sotilmasligini hisobga olib, biz narxlarni bozor narxi bo‘yicha belgiladik», – dedi kompaniya vakillari.

Boshlovchi Sitora Farmonova, shuningdek jurnalist Nikita Makarenko kimoshdi savdosi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javob berishdi. Ommabop javoblarning video formatini kimoshdi savdosining saytida topish mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor ko‘chasi va Islom Karimov shoh ko‘chasi chorrahasi

Ma'lumot uchun telefon:  +998 71 200 88 22

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: