Ushbu zamonaviy uylar Navoiy ko‘chasi bo‘ylab joylashgan, 60-yillarda qurilgan eski 3 qavatli uylar o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan.
Qurilishi boshlanayotgan uylar mavjud uylarning orqasidagi bo‘sh maydonda barpo etiladi.
Rejaga muvofiq, viloyat hokimligi, quruvchi tashkilot hamda eski uylardagi xonadonlar egalari bilan uch tomonlama shartnoma imzolanadi. Quruvchi tashkilot tomonidan yangi uylar qurib bitkazilgach, eski uylarda yashovchilar to‘la bitkazilgan, yashashga tayyor yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tadi.
Bu jarayonda yangi berilgan xonadonlar maydoni eski xonadondagidan kam bo‘lmasligi sharti belgilab qo‘yilgan.
Eski uylardagi barcha xonadon egalari yangi uyga ko‘chib o‘tgandan keyin eski uylarni buzishga kirishiladi.
«Bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘idagi ochiq muloqotda mazkur rejalar haqida aholiga batafsil ma'lumot berildi, ularning fikr va mulohazalari tinglandi», – deyiladi xabarda.