Fransuz uyushmasi «Alliance Française» 1883 yil 21 iyul Parijda mashhur diplomat Pol Kambon tashabbusi bilan butun dunyo bo‘ylab fransuz tilini tarqatish va madaniyatlar muloqotini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan, keyinchalik Parijda «Alliance Française» bo‘limi ochildi, uning ma'muriy kengashi Lui Paster, Ernest Renan va Jyul Verndan tashkil topgan.
Fransuz Alyansining tarmog‘i 146 mamlakatda 800dan ortiq tashkilotga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotdir.
Fransuz Alyansi, shuningdek fransuz tilida (DELF, DALF, TCF, TCF Canada) xalqaro imtihonlarni o‘tkazadigan yagona tashkilotdir.
DELF-DALF (diplomning amal qilish muddati yo‘q) va TCF (2 yillik muddatga ega sertifikat) fransuz tilidagi ikki asosiy xalqaro imtihondir.
TCF Kanada fransuz tilini bilish darajasini belgilab beradigan va bugungi kunda Kanada davlatida o‘qish yoki ishlash uchun viza olishga asos bo‘la oladigan yagona hujjatlardan biri hisoblanadi.
Fransuz tilida to‘g‘ri va tez gapirishni orzu qilasizmi?
Fransuzlar bilan qulay muhitda muloqot qilishni xohlaysizmi?
Yoki ish kunidan keyin fransuz tilida filmlar/multfilmlar ko‘rishni xohlaysizmi?
Yoki farzandlaringiz fransuz tilida gaplashishini orzu qilasizmi?
Aynan shu sababli, Toshkent Fransuz Alyansi bahorgi sessiya uchun mo‘ljallangan kurslarga ro‘yxatdan o‘tishni e'lon qiladi.
Fransuz Alyansining vazifalari:
- fransuz madaniyati va tilini ommalashtirish;
- ta'lim, madaniyat, fan va texnika sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- O‘zbekistonda fransuz tilining rivojlanishiga hissa qo‘shish.
Bu yerda doimo madaniy tadbirlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va turli mahorat darslari xalqaro tofadagi mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
Guruh mashg‘ulotlari fransuz tilini dastlabki darajada boshlab (A1) mukammal (C1) darajaga qadar o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Bizning kurslarimiz Parijning Fransuz Alyansi kommunikativ standartiga asoslanadi. Bu usul dunyoda tan olingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishga imkon beradi, shuningdek, tilni barcha sohalarda amaliyotga tatbiq etish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.
Toshkent Fransuz Alyansi sizga quyidagilarni taklif etadi:
- qulay muhitda yuqori sifatli ta'lim;
- fransuz o‘qituvchilari dars o‘tishi;
- sizning talabingizga moslashtirilgan vaqt;
- qo‘shimcha o‘quv to‘garaklari: kino klublar, so‘zlashuv klubi, madaniy kechalar va boshqalar.
Mutaxassislarimiz fransuz tilini oson va yoqimli o‘rganish uchun har bir kishi uchun ma'qul sharoitlarni tayyorlab beradilar:
- Darslar guruh/individual sinflarda bo‘lishi
- Boshlang‘ich/ O‘rta / Ilg‘or darajalar
- Va, albatta yaxshi muhit
Keyingi sessiyaning boshlanishi: 01.04.2020
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish:
02.03.2020-25.03.2020
Dushanba-Juma: 09:00 – 13:00 / 14.00-19.00
Shanba: 14.00-18.00
Yakshanba: dam olish kuni.
Manzil: TOshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 112
Mo‘ljal: «Labzak» bekati
Telefonlar:
+99871 2449408
+99871 2449409
Vebsayt: http://af-tachkent.uz
Feysbuk: fb.com/AFTachkent
Instagram: instagram.com/af.tachkent
Telegram: t.me/AFtachkent
Reklama huquqi asosida