Palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

O‘zbekiston 08:36 2487

Prezidentning 2025 yil 30 yanvardagi qaroriga ko‘ra, 2025 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan palma moyi hamda tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan o‘tkaziladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga belgilangan tartibda oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida palma moyidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida foydalanishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Palma yog‘i 45 foizgacha palmetin kislotasidan tarkib topgan. Ushbu moddadan ko‘p miqdorda foydalanish – aterosklerozni rivojlanishiga tomirlarni yog‘ bilan qoplanishiga olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: