«HAMMASI OKEY!» Multibrendli avtomobillar tarmog‘i - Lion Motors xonadon hadya etadi!

Jamiyat 19:00 / 02.03.2020 8228

Bahorning ilk kuni “Lion Motors” avtosalonida "Hammasi OKEY" aksiyasining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirda HOFMANN brendi ostidagi mikser, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi, xolodilnik, velosiped va asosiy sovrin Chevrolet Spark avtomobili g‘oliblari aniqlandi va o‘z egalariga topshirildi.

Asosiy sovrin - Chevrolet Spark avtomobilini Toshkent viloyati Angren shahridan Yuldashev Daler Abdurahmanovich qo‘lga kiritdi.

Keyingi aksiyalar 7 iyun, 31 avgust va 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. 7 iyun kuni o‘tkaziladigan aksiyada HOFMANN maishiy texnikasi, velosiped, Parijga 2 kishilik sayohat va Chevrolet Spark avtomobili g‘oliblarga topshiriladi. 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda esa HOFMANN maishiy texnikasi, velosiped, Chevrolet Trecker o‘ynaladi.

27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan aksiya g‘oliblari HOFMANN maishiy texnikasi, velosiped va asosiy sovg‘a: Toshkent shahridan 2 xonali kvartira egasiga aylanishadi.

Aksiyada qatnashish uchun “Lion Motors” avtosalonlaridan istalgan avtomobilingizni xarid qilsangiz yetarli. Har bir xaridorga avtosalon xodimlari yordamida qatnashuv kuponi to‘ldiriladi. Har bir kupon 4 marta ishtirok etish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, “Lion Motors” avtosalonida 2019 yil "Malibu yutib ol" aksiyasi bo‘lib o‘tgandi. Unda Surxondaryolik yurtdoshimiz Chevrolet Malibu avtomobilini yutib olgan edi. 

Murojaat uchun raqamlar:

71 2025757

71 2035757

Batafsil ma'lumot: lionmotors.uz saytida

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: