Samarqandda «Captiva»da qo‘y o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Jamiyat 23:25 / 29.02.2020 12114

Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Narpay tumani Oqtosh shahri Sadriddiy Ayniy ko‘chasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan E.S. boshqaruvida bo‘lgan «Captiva» rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida, mashinaning orqa qismiga o‘g‘irlangan bir bosh qo‘y ortilganligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan xabarida. 

Ko‘proq yangiliklar: