Samarqand HETK: «Kadrlarimizning katta qismi yoshlardan iborat»

Jamiyat 15:00 / 11.02.2020 5584

O‘zbekiston taraqqiyot va rivojlanishning bugungi shiddatli davrida barcha sohada bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. 

Shu sababdan «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tizimida ham yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratib kelinadi.

Yosh xodim texnika xavfsizligi bilan bog‘liq murakkab vaziyatga tushib qolsa nima qilish kerak? Qay holatda o‘zini qanday tutishi, aholi bilan ishlashda nimalarga e'tibor qaratishi kerak? Qaysi dastur va uskunalardan qanday foydalanish samarali?

Shu kabi ko‘plab savollar «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ rahbariyati va tizimda ishlovchi yoshlar o‘rtasida o‘tgan ochiq davra suhbatida muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus asosida o‘tkazilgan uchrashuv, erkin, samimiy ruhda o‘tdi. 

Mazkur tashabbus doirasida «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda ham qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, jamiyatda faoliyat olib borayotgan yoshlarning kasb malakasi, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish, ayollarni qo‘shimcha kasbga o‘rgatish doimiy e'tiborda bo‘lib kelmoqda. 

Xususan, yoshlarga yangi texnologiya sirlarini o‘rgatish jamiyat xodimlarining ish faoliyatini unumdorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lyapti. 

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Shuningdek, «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda mehnat qilayotgan kadrlarning ham katta qismi yoshlardan iboratdir.

Shu sababdan ham yoshlarga yana ko‘proq e'tibor qaratish, ularni kelgusida kasbga yo‘naltirish ishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda tadbirlar, yig‘ilishlar, seminar-treninglar tashkil qilinmoqda. 

Davra-suhbatlarda yoshlarning kelajakdagi rejalari, tashabbuslari, takliflari va albatta ularni qiynayotgan muammolar eshitilmoqda, kerakli maslahat berilyapti, lozim joyda yordam ko‘rsatilmoqda. 

Chunki tizimdagi ulkan o‘zgarishlarda jamiyat yosh kadrlar kuchiga ham tayanadi.  

«Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ
Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: