Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan davlat boji undirish taklif etildi. Tashabbus «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi raisi va Davlat dumasi deputati Sergey Mironov tomonidan ilgari surildi.
Deputat chet el fuqarolarining transchegaraviy o‘tkazmalari uchun davlat bojini joriy etish zarurligini aytib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan o‘z mamlakatiga 14 milliard dollardan ortiq mablag‘ o‘tkazganini ta’kidladi.
«Migrantlarning katta qismi Rossiyada soliq to‘lamaydi, migrantlar katta miqdordagi pulni mamlakatdan olib chiqib ketishadi. 2021 yilda hukumat pul o‘tkazmalari uchun qo‘shimcha to‘lovlar masalasini muhokama qilgan, biroq Moliya vazirligi bu masalani kechiktirgan edi. Amaldorlarimiz Rossiya fuqarolari uchun tariflar, aksizlar va yig‘imlarni oshirishga kelganda dovdirab qolmaydi, lekin chet elliklar haqida gap ketganda, darrov o‘ylab qolishadi. Ayni paytda, agar 3 foizlik boj joriy etilsa, g‘aznaga faqat ikki respublika — Qirg‘iziston va O‘zbekistonga o‘tkazmalardan 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ tushadi. Bizga shunday pul kerak emasmi? Biz qonunchilik tashabbusini tayyorlab, Davlat Dumasiga taqdim etamiz», dedi u.