Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya IIVning sobiq rahbari yangi hukumatga o‘zini topshirdi
Sobiq vazir Muhammad ash-Shaar 2008 yilda Sednaya qamoqxonasidagi isyonni bostirishga aloqador hisoblanadi. Uning o‘zi lavozimda o‘tirgan vaqtida qonunni buzmaganini ma’lum qilgan.

Foto: Videodan kadr
Suriyaning sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad ash-Shaar mamlakatning yangi hukumatiga o‘zini topshirdi. IIVning sobiq rahbari kuch tuzilmalari bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra bog‘langan, deb xabar beradi Al-Arabiya.
Muhammad ash-Shaar 1950 yilda Latakiya viloyatida tug‘ilgan. 2011 yildan 2018 yilga qadar Suriya ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Unga qadar harbiy politsiya boshlig‘i bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq vazir 2008 yilda Sednaya qamoqxonasidagi isyonni bostirishga aloqador bo‘lib, hodisa oqibatida 20 dan ortiq mahbus o‘ldirilgan edi.
Muhammad ash-Shaar 2011 yil o‘rtalaridan buyon G‘arb sanksiyalari ostida. Suriya IIVning sobiq rahbari Al-Arabiya telekanaliga vazir lavozimida o‘tirganida qonunni buzmaganini ma’lum qilgan.
Avvalroq Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olingandi. U Asad davrida Dar’o viloyati siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs Suriya xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqador insonlardan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir o‘tish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida
Jahon | 16:35
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
Mavzuga oid

21:14 / 03.08.2025
Turkiyadan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish boshlandi

23:00 / 29.07.2025
Ikki viloyatda IIB boshliqlari o‘zgardi

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

18:52 / 23.07.2025