Xitoy AQSh nefti, gazi va ko‘miriga javob bojlari joriy etilishini e’lon qildi
Bundan tashqari Pekin AQShning harakatlari ustidan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qilgan va Google kompaniyasiga nisbatan antimonopoliya qonunchiligini buzish holati bo‘yicha tergov boshlagan.

Foto: Getty images
Xitoy Amerika ko‘miri va suyultirilgan tabiiy gazi importiga — 15 foizli, neft, qishloq xo‘jaligi texnikasi va katta hajmli dvigatelga ega avtomobillar uchun esa 10 foizli boj joriy etilishini e’lon qildi.
Xitoy Savdo vazirligi bayonotida keltirilishicha, shuningdek, XXR hukumati Googleʼga nisbatan antimonopoliya qonunchiligini buzish holati bo‘yicha tergov boshlagan.
Bundan tashqari, Pekin AQShning harakatlari ustidan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat qilganini bildirdi. AQShning bir tomonlama tariflarni oshirishi qoidalarni qo‘pol buzish hisoblanadi. Bu o‘z muammolarini hal etishda nafaqat samara bermaydi, balki Xitoy va AQSh o‘rtasidagi normal iqtisodiy hamda savdo hamkorligiga zarar yetkazadi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Shuningdek, Xitoy volfram, tellur, vismut, molibden va indiy bilan bog‘liq tovarlarga nisbatan eksport nazoratini kuchaytiradi.
Mazkur choralar AQSh prezidenti Donald Tramp 2 fevral kuni Xitoy importiga 10 foizli bojlarni joriy etganiga javob bo‘ldi.
Tramp Meksika va Kanadadan import qilinadigan tovarlarga 25 foizlik, Xitoydan olib kiriladigan mahsulotlarga esa 10 foizlik boj joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. 2 fevral kuni Kanada AQSh tovarlariga 25 foizlik boj joriy etayotgani ma’lum bo‘ldi. Meksika prezidenti ham javob choralarini ko‘rishga topshiriq berdi. Ammo ko‘p o‘tmay har ikki davlat yetakchilari AQSh prezidenti bilan bojlar joriy etilishini 30 kunga kechiktirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

23:36 / 11.03.2025
Ukraina va AQSh Jiddada muzokaralarni yakunladi. Kiyev 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025