20dan ortiq xonadonlarga tarqatilgan bu konteynerlar 120 litr sig‘imga ega bo‘lib, bu – mazkur xonadonlardan chiqayotgan chiqindilarni ko‘cha yuziga olib chiqib tashlanishini kamaytirish maqsadida qilinmoqda.
«Maxsustrans» bergan ma'lumotga ko‘ra, bu xonadonlardan chiqindi chiqarib tashlanishi signal asosida haftada 2 marotabadan kam bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
«Avvallari mazkur xonadonlardan chiqayotgan chiqindilar shoh ko‘cha yuziga olib chiqib tashlanib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu sinov tajriba muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, mazkur amaliyot qolgan shoh ko‘chalarga ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda», – deyiladi xabarda.