Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO sobiq bosh kotibi Norvegiya moliya vaziri etib tayinlandi
Yyens Stoltenberg Norvegiya moliya vaziri lavozimini egalladi. U 2005-2013 yillar davomida mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Foto: Getty Images
NATOning sobiq bosh kotibi Yyens Stoltenberg Norvegiyadagi hukumat islohotlari doirasida mamlakatning moliya vaziri etib tayinlandi.
65 yoshli Stoltenberg 2001-2001 yillar hamda 2005-2013 yillar davomida Norvegiya bosh vaziri bo‘lgan. U Leyboristlar partiyasi vakili hisoblanadi.
Norvegiyaning ikki partiyali hukumati o‘tgan hafta, ozchilik Tsentristlar partiyasi Leyboristlar partiyasi bilan koalitsiyadan chiqqanidan keyin tarqatib yuborilgan edi. Iste’foga energetika siyosatidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Yonas Gar Styore hukumati 2021 yil oktyabrdan beri hokimiyat tepasida. Norvegiyada parlament saylovlari sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte 2024 yil 1 oktyabrda NATO bosh kotibi lavozimiga kirishgan edi. Uning nomzodi 26 iyun kuni alyans tomonidan rasman ma’qullangan.
Tashkilotni 10 yil boshqarganidan so‘ng tark etayotgan Yyens Stoltenberg ittifoqchilarning qarorini olqishlagan va bu «NATOni ishonchli qo‘llarda qoldirishini» aytdi. X ijtimoiy tarmog‘ida bu tayinlovni sharhlar ekan, u 57 yoshli Ryutteni transatlantik hamkorlikning haqiqiy tarafdori, kuchli yetakchi deb atagan.
O‘z navbatida, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen YeI va NATO hamkorligini yanada mustahkamlash uchun Mark Ryutte bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirga edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025