Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kongoda mpox’ga chalingan 100 dan ortiq bemor davolash markazlaridan qochib ketdi
Mamlakatda M23 guruhi isyonchilarining hujumi tufayli dori-darmon ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Foto: AP
Kongo Demokratik Respublikasida mpox virusi (maymunchechak) bilan kasallangan 100 dan ortiq bemor davolash markazlaridan qochib ketdi.
«128 nafar bemor karantin markazlaridan qochib ketdi, ularning [markazning] ayrimlari talab ketilgan», — deyiladi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotida.
Idora Shimoliy Kivu provinsiyasida M23 guruhi isyonchilari hujumi tufayli qator muammolar, jumladan, dori-darmon ta’minotidagi uzilishlar, suv va elektr energiyasi yetishmasligi kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bir haftda ichida mpox’ga chalinganlikda gumon qilinganlar soni 2707 kishiga yetgan, jumladan, ularning 516 tasi kasallik tasdiqlangan va 38 kishi vafot etgan.
Epidemiya boshlanganidan beri KDRda 70 mingdan ortiq odamda mpox qayd etilgan va 1407 kishi virus qurboniga aylangan.
Dekabr oyida Germaniyada mpox virusi xavfli Ib varianti bilan kasallanishning bir necha holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Ryosrat shahridagi maktablardan biri ikki nafar o‘quvchining kasalligi tufayli karantinga yopilgan, undagi qolgan maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan.
Yanvar oyida esa Ozarboyjonda birinchi marta mpox virusi bilan kasallanish holati qayd etilgan edi. Virus turistik safar bilan chet elda bo‘lib qaytgan 22 yoshli fuqaroda aniqlangan. U shifoxonaga yotqizilgan, oila a’zolari ham nazorat ostiga olingan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:42
-
Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqdi. Uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum qilishda davom etdi
Jahon | 20:08
-
Tailandda pushti temiratki kasalligi tarqaldi
Jahon | 19:34
Mavzuga oid

14:55 / 28.06.2025
Kongo DR va Ruanda Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzoladi

17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi

18:58 / 09.03.2025
Kongoda isyonchilar yetakchilarini qo‘lga olishda yordam berganlarga 5 mln dollar va’da qilindi

14:45 / 24.02.2025