Farg‘ona viloyati IIBda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Jamiyat 12:40 / 30.01.2020 4367

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasida «Ochiq va shaffof hamkorlikdamiz» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazilib, unda Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha OAV vakillari, blogerlar hamda xokimlik, korxona-tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.

«Matbuot anjumanini viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Doniyor Baxtiyarovich Toshxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda jurnalist va blogerlar yurtimiz hayotida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni tezkor yoritish bilan birga, jamiyatning turli sohalarida ko‘zga tashlanayotgan dolzarb muammolarga dadil va ochiq munosabat bildirayotganini ta'kidladi.

Ishtirokchilar tomonidan sodir bo‘lgan voqea-hodisalar, yangiliklar yuzasidan tezkor ma'lumotlar olish tartibi, viloyatdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning bugungi holati, 2020 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar bo‘yicha qizg‘in va samimiy savol-javob tariqasida fiklar almashindi.

Anjumanda sohaviy xizmat rahbarlarining ham ishtiroki, har bir masala yuzasidan batafsil axborot almashish uchun ayni muddao bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirda Farg‘ona viloyati IIBning yangi ko‘rinishdagi «fviib.uz» internet sayti taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur sayt orqali bevosita har qanday murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIB rahbariyatiga yetkazish imkoniyati mavjud. Qolaversa, Telegram, Fasebook va Instagram tarmoqlaridagi sahifalardan ham o‘zbek va rus tillaridagi rasmiy ma'lumotlarni olish mumkin. Bu esa foydalanuvchilarga qo‘l keladi. IIO faoliyatiga oid ochiq ma'lumotlar matbuotda bevosita yoritib borilishida jurnalistlarning IIB Axborot xizmati bilan hamkorligining muhim jihatlari, afzalliklari ham tushuntirib berildi.

Boshqarma boshlig‘i ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aholiga yetkazish, adashgan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, hamyurtlarimizni to‘g‘ri va xolis axborot manbasi bilan ta'minlashda jurnalistlarning yordami katta ekanini qayd etib, kelgusida  barcha ommaviy axborot vositalari bilan ochiq va shaffof hamkorlik o‘rnatilishini etirof etdi», deyiladi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: