Jizzax Organic: Hukumat qarori O‘zbekistonda agrosanoat klasterlarini rivojlantirishga turtki beradi

Jamiyat 13:00 / 29.01.2020 12814

Jizzax viloyatining serhosil va saxiy yeri O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xaritasida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyuldagi №619-son qarori bu yerda go‘sht-sut yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan agrosanoat klasterini tashkil etishni boshlab berdi. Bu esa, yalpi ichki mahsulotining 36 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladigan, ushbu soha umumiy mahsulotining 47 foizini chorvachilik yetkazib beradigan O‘zbekistonda muhim qadamdir.

 Hukumat qarorida qayd etilganidek, Jizzax viloyatidagi klaster «naslli qoramol sonini bosqichma-bosqich oshirish, ichki va tashqi bozorda barqaror talab bo‘ladigan sifatli go‘sht-sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, yirik shoxli chorva mollarining sermahsul zotlari, shu jumladan, go‘sht yo‘nalishidagi zotlarni ko‘paytirishni o‘zlashtirish, eksport salohiyatini yanada oshirish hamda qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari tashkil etish»da muhim o‘rin tutadi.

Ushbu keng miqyosli vazifani bajarish mas'uliyatini Jizzax organic korxonasi o‘z zimmasiga oldi. Mazkur zamonaviy klasterning go‘sht-sut yo‘nalishini rivojlantirishga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qo‘llab-quvvatlashi va xorijiy investorlar ko‘magida 100 mln AQSh dollari ajratildi, Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlaridan 11 ming gektar yer taqdim etildi.

2023 yilda Jizzax viloyatida zamonaviy chorvachilik majmuasi, seleksiya-genetika markazi, omuxta yem ishlab chiqarish korxonasi, kushxona va biogaz qurilmalariga ega bo‘lgan yirik agrosanoat klasterini barpo qilish Jizzax organic korxonasining ulkan rejalaridir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, qoramollarning umumiy soni 10 ming boshdan ortadi, quvvati bir yilda 2,5 ming tonna go‘shtni tashkil etadi. Jizzax organic korxonalarida xorijiy hamkorlarning tajribalarini mintaqaning o‘ziga xosliklariga moslashtirgan holda qo‘llovchi 300 dan ortiq o‘z kasbining ustalari faoliyat yuritadi. Iqtidorli yosh mutaxassislarni jalb etish va o‘qitish, shuningdek, mahalliy fermerlarga serdaromad va samarali chorvachilik xo‘jaliklarini tashkil etishlarida yordam berish orqali ular bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jarayonni nazorat qilar ekan, har oy Jizzax organic korxonasidan investitsiya majburiyatlarini bajarganligi bo‘yicha hisobotlarni olib turibdi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kompaniyaning tashabbuskor xodimlari bir yil ichida ulkan ishlarni amalga oshirishdi. Sutchilik fermasi qurilishi 60 foizga tamomlangan. Uning atrofidagi yer tekislangan, taqsimlanib, shudgor qilingan. Yem-xashaklar 4ta maxsus omborlarda hozirlab qo‘yilgan. Senajlarni saqlash uchun 10ta maxsus maydon mavjud, omuxta yem ishlab chiqaruvchi sex barpo qilingan. Hozirda, chorva mollari uchun yana 4ta bino tiklanmoqda. 2019 yil noyabr oyidayoq Yevropadan aberdin-angus naslli 500 bosh qoramol keltirilgan. Tez orada, ular safiga Rossiya va AQShdan keltiriladigan 6 ming bosh qoramol qo‘shiladi.

 «Hozirda, ushbu barcha yo‘nalishlarda bir maqsadga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Jizzax Organic MChJ bosh direktori Hikmatilla Karimov. – Bizning korxonamizda mazkur sohaning eng ilg‘or texnologiyalari va ilmiy salohiyati jamlanadi. Bu esa, go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga xizmat qiladi».

Kompaniya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining drayveri bo‘lishga hamda Jizzax viloyati salohiyatini rivojlantirish va namoyon etishga intilmoqda. Shunday ustuvor yo‘nalishlardan biri – yirik naslli qoramol sonini ko‘paytirish orqali go‘sht-sut mahsulotlari eksportini oshirishdir.

Jizzax organic yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun seleksiya-genetika (SGM) markazini tashkil etdi. Bu yerda, mahalliy hayvonlar genofondini yaxshilash maqsadida go‘sht va sut yetishtirishga mo‘ljallangan yuqori mahsuldor bo‘lgan Aberdin-Angus, Gereford, Wagyu va Jyersi nasllari bilan chatishtiriladi va nasl olinadi.

Seleksiya va reproduksiya bo‘yicha ilg‘or samarali texnologiyalarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar bilan jihozlangan SGM O‘zbekiston mahsulotlari sifatini yangi darajaga ko‘tarish orqali import ulushini qisqartirib, mamlakatni go‘sht va sut yetishtirishga mo‘ljallangan naslli qoramollar bilan o‘zini-o‘zi ta'minlashga yordam berar ekan, respublika miqyosidagi vazifalarni bajaradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Jizzax organic seleksiya-genetika markazida mahalliy fermerlar ham o‘qitilib, ularga chorvachilik va kichik biznesning yangi imkoniyatlari ochiladi.

Jizzax organic SGMda qoramol genomini baholash amaliyoti, nasllar jinsini boshqarish usullari, ilg‘or embrional va transplantatsiyaviy texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bularning barchasi misli ko‘rilmagan va maksimal ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan nasllarni yetishtirishga qaratilgan. 

Biroq, Jizzax viloyatining tabiati ham muhim o‘rin tutadi. Jizzax organic mehnatkash jamoasining sa'y-harakatlari va aynan qulay tabiiy sharoitlar bois, artezian suvi olindi, ajoyib yaylovlar paydo bo‘ldi, har bir boshni yuqori sifatli omuxta yem bilan ta'minlash mumkin bo‘ldi. Hokimiyat tomonidan taqdim etilgan keng maydonlarda hayvonlar uchun eng qulay sharoitlar barpo qilish maqsadida tor bo‘lmagan va bog‘lovsiz keng inshootlar barpo etildi.

Shuning uchun ham ishonch bilan aytish mumkinki, hokimiyat tomonidan birgina to‘g‘ri turtki, Jizzax organic klasteri namunasida O‘zbekiston agrosanoat sohasining keng miqyosli rivojlanish jarayonini boshlab berdi.

Sayt: www.jizzax.org

Telegram: t.me/jizzaxorganic

Instagram: @jizzax.organic

Facebook: fb.com/Jizzax-organic

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: