«Kapitalbank»ga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 09:30 / 28.01.2020 18010

Bank matbuot xizmati xabar berishicha, 27 yanvar bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Alisher Mirzayevni «Kapitalbank» boshqaruvi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan.

Alisher Mirzayev / «Kapitalbank» matbuot xizmati

Alisher Mirzayev 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

1993 yildan 2018 yilgacha «Ipak Yo‘li» bankida turli lavozimlarda, xususan, rais vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Alisher Mirzayev 2018 yilda «Hamkorbank» boshqaruvi raisining bankni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyunida «Kapitalbank» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Oleg Kim 2020 yilning 4 yanvarida o‘z lavozimini tark etgan va Aleksey Glushchenko bank boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: