Ikki mingdan ortiq milliarder 4,6 mlrd kishidan boyroq ekanligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Depositphotos / VadimVasenin
2019 yilda 2153 nafar milliarderning boyligi 4,6 milliard kishinikidan ko‘proq bo‘lgan. Bu haqda qashshoqlikka qarshi kurashuvchi Oxfam tashkiloti hisobotida ma'lum qilindi.
Tashkilot hisobotida aytilishicha, butun yer yuzi aholisi olinadigan bo‘lsa, bir foiz eng boy odamlar 6,9 milliard kishinikidan ko‘proq boylikka ega.
Hisobot mualliflarining qayd etishlaricha, 22 nafar eng badavlat erkakning umumiy boyligi Afrikadagi barcha ayollarning boyligiga teng.
Hujjatda bildirilishicha, dunyodagi milliarderlar soni o‘n yil ichida ikki baravarga ko‘paygan.
BMTning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda sayyoramiz aholisi 7,7 milliard kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid

21:34 / 16.09.2024
Tencent internet giganti asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi

19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi

20:41 / 12.06.2024
Qozog‘istonda «tushunarsiz boylik» maqomi joriy etiladi

14:06 / 30.06.2023