Tencent internet giganti asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi

Jahon 21:36 / 16.09.2024 3436

Xitoydagi Tencent internet giganti asoschisi Poni Maning boyligi 43,9 milliard dollarga yetdi. Natijada u mamlakatdagi eng badavlat insonlar reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Qayd etilishicha, DnF Mobile va Black Myth: Wukong. o‘yinlari hisobiga Tencent kapitalizatsiyasi yil boshidan beri 28 foizga oshgan.

Xitoydagi eng badavlat insonlar reytingida ikkinchi o‘rinni TikTok videoservisiga egalik qiladigan ByteDance Ltd kompaniyasi asoschisi Chjan Imin band etdi. Undan keyingi pog‘onadan Nongfu Spring qadoqlangan suvlarini ishlab chiqaruvchi Chjun Shanshan joy oldi.

2023 yil fevral oyida Xitoyda yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik biznes-vositachi Bao Fan bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bao Fan China China Renaissance Holdings moliyaviy kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, uning mijozlari ro‘yxatiga Tencent, Alibaba va Baidu kabi internet gigantlari ham kiradi. Kompaniya Xitoydagi texnologiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: