2019 yilda O‘zbekiston qancha xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirgani ma'lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 11:20 / 20.01.2020 14150

2019 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trln so‘mga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, asosiy kapitalga investitsiyalar xajmi 189,9 trln so‘mni, 2018 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish tempi esa 1,3 barobarni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2018 yilda 30 foizdan amaldagi 36,2 foizga qadar o‘sdi (umumiy investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2019 yil natijalari bilan 42,1 foizni tashkil etdi).

Hisobot davrida 2,8 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obektlari foydalanishga topshirildi: 145 ta yirik ishlab chiqarish obektlari,167 ta yirik hududiy loyihalar, 2,5 mingdan ziyod ijtimoiy va infratuzilma obektlari.

Investitsiya faoliyatining sezilarli o‘sishi 13,3 mlrd. dollarni tashkil etgan xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar (shundan asosiy kapitalga – 6,6 mlrd. doll.;)

davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar (shundan asosiy kapitalga – 3,2 mlrd dollar) o‘zlashtirildi.

Bunda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 foizga yetkazildi (taqqoslash uchun 2018 yilda bu ko‘rsatkich 10,5 foizni tashkil etgan).

Markaziy Osiyo mamlakatlarida xorijiy investitsiyalarning o‘sishi o‘rtacha 8-10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga (2,9 mlrd.dollar, shundan asosiy kapitalga – 1,6 mlrd dollar) nisbatan 3,2 barobarni tashkil etdi (9,3 mlrd dollar, shundan asosiy kapitalga – 6.6 mlrd dollar) va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘sish sur'atlari bo‘yicha respublika yetakchilikni ta'minladi.

Xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qilish bo‘yicha asosiy xorijiy hamkorlarga Xitoy, Rossiya va Germaniya aylangan. O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kiritadigan davlatlar umumiy soni 50 tadan oshdi. Yirik investor-davlatlarning umumiy jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlardagi ulushi 34 foizgacha qisqardi.

2018 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilishning faol o‘sishi elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish (o‘sish – 7,5 barobar), metallurgiya (o‘sish – 4,6 barobar), to‘qimachilik (o‘sish – 2,5 barobar), charm-poyafzal (o‘sish – 2,1 barobar) va neft-gaz (o‘sish – 2 barobar) tarmoqlarida kuzatildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oqimining o‘sish sur'ati hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarda ham mustahkamlanib borib, ularning umumiy hajmi 2019 yilda 4,8 mlrd dollarni (shundan asosiy kapitalda – 4,2 mlrd dollar) tashkil etib, 2018 yil mos davriga nisbatan 4 baravar va 2017 yilga nisbatan 24 baravar ko‘paydi. Faqat xorijiy kapital ishtirokida hududlarda umumiy qiymati 858,5 mln dollarga teng 167 ta loyiha foydalanishga topshirildi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2020 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga qariyb 233,2 trln. so‘m kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan, bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning – 7,1 mlrd. dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 2,7 mlrd. dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

2020 yilda ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan 2 mingdan ziyod obektlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan: 206 ta yirik ishlab chiqarish quvvatlari, 240 ta hududiy ishlab chiqarish obektlari, 1,6 mingta ijtimoiy va infratuzilma ahamiyatiga ega obektlar.

Ko‘proq yangiliklar: