Eron mudofaa vazirligi AQShga beriladigan navbatdagi javob qanday bo‘lishini ma'lum qildi

Jahon 16:37 / 08.01.2020 73664

Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy AQShga qarshi navbatdagi choralar amerikaliklarning harakatidan kelib chiqib qo‘llanilishini ma'lum qildi.

"Navbatdagi javob AQShning o‘zini tutishiga proporsional bo‘ladi", - dedi Hotamiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron AQShga ulkan saboq bergan.

8 yanvarga o‘tar kechasi Iroq g‘arbidagi AQSh askarlari joylashgan Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda Islom inqilobi soqchilar korpusi tomonidan tarqatilgan bayonotda ma'lum qilindi.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi. Aviabazaga kamida to‘qqizta raketa uchirilgani haqida xabar bergan Tehron, hujum natijasida obekt «to‘liq yo‘q qilingani»ni e'lon qildi.

Ko‘proq yangiliklar: