Foyda solig‘i to‘liqligicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlandi

Iqtisodiyot 07:37 / 03.01.2020 23203

O‘zbekistonda foyda solig‘i to‘liqligicha respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatda jami 85ta soliq to‘lovchining nomi keltirilgan. Shuningdek, 30ta tijorat banki ham ro‘yxatga qo‘shilgani qayd etilgan.

Moliya vazirligiga ko‘rsatilgan davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdorlari va davriyligini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali tegishli masalalarni ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish yo‘li bilan aniqlash huquqi berildi.

Ko‘proq yangiliklar: